31 May 2025 940

Ahmadaliyev va Meliqoʻziyev professional boksda navbatdagi gʻalabaga erishishdi

Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari qahramonlaridan Murodjon Ahmadaliyev hamda Bektemir Meliqoʻziyev professional boksda navbatdagi janglarini oʻtkazishdi.

Meksikada oʻtgan jangda Ahmadaliyev mezbon Luis Kastilyoni 8-raundda magʻlubiyatga uchratdi. Endi u sentyabr oyida bir nechta yoʻnalishdagi chempionlik kamarlari uchun yaponiyalik Naoya Inouega qarshi jang olib boradi.

Las-Vegas (AQSh)da tashkil etilgan oqshomda esa Bektemir Meliqoʻziyev mezbon Daryus Fulghemdan 12 raundli jangda ustun keldi. Ushbu gʻalaba bilan Bektemir WBA yoʻnalishi boʻyicha chempionlik kamari uchun da’vogarga aylandi.

Text to speech