30 May 2025
1086
Safina Sadullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi
Koreya Respublikasining Gumi shahrida oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kunida ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi shohsupaga koʻtarildi. Ayollar oʻrtasida balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Safina Sadullayeva kumush medal sohibiga aylandi.
Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan Oʻgʻiloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamgʻarib toʻrtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.
Balandlikka sakrash, Osiyo chempionati:
1. Puja Puja (Hindiston) – 1.89 metr
2. Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) – 1.86
2. Yelizaveta Matveyeva (Qozogʻiston) – 1.86
