30 May 2025 1808

“Universiada–2025” gʻolib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Universiada–2025” sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan hududiy jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Musobaqada g‘alaba qozongan va sovrindor bo‘lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta’lim muassasalarining mehnati va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi jonbozliklari alohida e’tirof etildi.

“Universiada–2025” — yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va yurtimiz sport salohiyatini yana-da mustahkamlash yo‘lida muhim maydonga aylandi.

Text to speech