30 May 2025
911
Terma jamoamiz “WTT Youth Contender” turnirida dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritdi
Poytaxtimizda oʻtkazilayotgan stol tennisi boʻyicha “WTT Youth Contender Tashkent 2025” turnirida dastlabki gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. U13 va U17 yosh toifalarida kechgan bahslarda yosh sportchilarimiz 1 ta oltin va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Oltin medalga U17 toifasida ishtirok etgan Arujan Kamalova sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz final bahsida eronlik Setayesh Iluxanidan ustun keldi.
Oltin medal:
U17: Arujan Kamalova
Bronza medal:
U13: Eleanora Shiriyeva
U13: Husen Iskandarov
U17: Adelina Hasanova
U17: Diyorbek Dilshodov


