27 Mart 2025 1525

Yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlishdi

Ammanda davom etayotgan Osiyo chempionatida yunon-rum kurashi bellashuvlari yakunlandi. Ikkinchi kun natijalariga ko‘ra hamyurtlarimiz ikkita kumush medalni qoʻlga kiritishdi:

Kumush: Alisher Gʻaniyev (-60 kg)
Kumush: Abdullo Aliyev (-72 kg)

Shu tariqa, jamoamiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi!

Bugun gilamga ayollar kurashi bo‘yicha sportchilarimiz chiqishadi. Ularning ilk raqiblari:

 -50 kg: Aktenge Keunimjayeva – Myong Von (KXDR) / Gozel Kurbanova (Turkmaniston)
 -55 kg: Dilshoda Matnazarova – Layal Sukkar (Iordaniya)
 -59 kg: Sarbinaz Jiyenbayeva – Pyol Xong (KXDR)
 -68 kg: Nabira Esenbayeva – Gulnura Tashtanbekova (Qirg‘iziston)
 -76 kg: Ozoda Zaripboyeva – Yangla Yangla (Xitoy)

Kurashchilarimizga omad tilaymiz!

Text to speech