17 Iyul 2021
1689
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Tokioga yo‘l olishdi
Kecha tunda akademik eshkak eshish bo‘yicha XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz Tokioga jo‘nab ketishdi. Bugun kunning ikkinchi yarmida ular Olimpiya shaharchasiga yetib borishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishda yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida Shahboz Xolmirzayev va Sobir Safaraliyev yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Safar davomida ularga murabbiy Dmitriy Shugurov hamrohlik qilmoqda.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida akademik eshkak eshuvchilarimiz 24-iyul kuni erta tongda saralash bosqichida ishtirok etishadi. Sportchilarimiz ertadan musobaqa o‘tkaziladigan kanalda o‘z mashg‘ulotlarini boshlashi ko‘zda tutilgan.
