4 Sentyabr 2024 1045

Bugun butunjahon taekvondo kuni

Roppa-rosa 30-yil muqaddam, 1994-yilning 4-sentyabr kuni Fransiyaning Parij shahrida oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 103-Sessiyasida taekvondo WT sport turi rasman Olimpiya oilasi qatoridan oʻrin olgan. 2006-yildan beri ushbu sana Butunjahon taekvondo kuni sifatida keng nishonlab kelinadi.

Taekvondo WT yurtimizda tez suratda rivojlanib borayotgan, eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonlik taekvondo ustalari shu paytgacha yozgi Olimpiya oʻyinlarida 2 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor boʻlishgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu sana bilan mamlakat taekvondo assotsiatsiyasi, yurtimiz taekvondo oilasini samimiy qutlaydi.

Text to speech