6 Avgust 2024
                                
                                 361
                            
                            Rustam Assakalov Olimpiada chempioni bilan bellashdi
Mahoratli yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov chorak finalda nomdor sportchi bilan toʻqnash keldi. Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlarining 4 karra gʻolibi armanistonlik Artur Aleksanyan bilan bellashgan hamyurtimiz imkoniyatni boy berdi. Endi Aleksanyan finalgacha yetib borgan taqdirda Assakalov shohsupaga koʻtarilish imkoniyatini saqlab qoladi.
 
                
