30 Iyul 2024
                                
                                 343
                            
                            "Professor" yosh raqibiga mahorat darsini oʻtkazdi
Boks boʻyicha Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov ham ikkinchi chempionlik sari yurishini boshladi. Boks olamida "Professor" nomi bilan mashhur boʻlgan hamyurtimiz ilk bosqichda puerto-rikolik 18 yoshli Xuan Lopesga qarshi jang oʻtkazib, yaqqol ustunlik bilan gʻalabaga erishdi. Endi u 2-avgust kuni chorak final jangini oʻtkazadi.
 
                
