30 Iyul 2024
                                
                                 362
                            
                            Anna Prakaten yarim finalga yo’l oldi
Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anna Prakaten Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan chorak final startida oʻz guruhida 2-boʻlib marraga yetib keldi. Bu natija orqali u 1-avgust kuniga belgilangan yarim final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yo’l oldi.
 
                
