26 Iyul 2024
                                
                                 373
                            
                            Kamonchilarimizning mikst dasturidagi raqiblari aniq
Kamonchilarimizning yakkalik dasturida dastlabki bosqichda qayd etgan natijalaridan keyin aralash juftlik yo’nalishidagi raqiblari ham ma’lum bo’ldi. Unga ko’ra, merganlarimiz amerikalik Kezey Kaufhold va Bredi Ellison juftligiga qarshi bahs olib borishadi.
1/8 final bosqichidan o’rin olgan mazkur bahs 2-avgust kuniga belgilangan.
 
                
