25 Iyul 2024
                                
                                 430
                            
                            Olimpiya o'yinlarida ilk bor o'zbekistonlik kamonchi nishon tomon o'q uzdi
Ziyodaxon Abdusattorova 1-saralash bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Kamonchimiz unda 649 ochko to’plab, o’zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Endi yurtdoshimiz 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi. Unga mazkur davrada chexiyalik Marie Xorachkova raqiblik qiladi.
 
                









