18 Iyul 2024
                                
                                 423
                            
                            Parij-2024: Tennis bahslarida ham oʻzbekistonlik hakam ishlaydi
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida faoliyat olib boradigan yana bir oʻzbekistonlik referi nomini eʼlon qilamiz. Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamyurtimiz Dmitriy Duranidisni boʻlajak musobaqaga taklif etgan.
Yurtdoshimiz musobaqalar davomida chiziq hakami sifatida ishlaydi. Bu Duranidis uchun faoliyatidagi birinchi Olimpiya oʻyinlari boʻladi.
 
                
