16 Iyul 2024
287
Gimnastikachilarimiz Turkiyada Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borishmoqda
Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlariga hozirlik ko’rayotgan sport gimnastikasi bo’yicha O’zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari ayni kunlarda Turkiyaning Antalya shahrida xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’inini olib borishmoqda. Mazkur yig’inga uchala litsenziatlarimiz Rasuljon Abdurahimov, Habibullo Ergashev hamda Abdulla Azimov jalb etilgan.
Sportchilarimiz mashg’ulotlarda Olimpiada uchun tayyorlangan maxsus dasturlarini takomillashtirishmoqda. 11-iyulda boshlangan mazkur yig’in 23-iyulga qadar davom etadi.
<iframe width="100%" height="417" src="https://www.youtube.com/embed/BjO9IjqN0s0" title="Gimnastikachilarimiz Parij Olimpiadasiga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borishmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
