7 Iyul 2024 1091

Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempionati sovrindori Shukurjon Aminova

Xorazm ayollar dzyudo maktabi Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga eng koʻp sportchi yetkazib berayotgani bilan alohida eʼtirof etiladi. Ular orasida -57 kg vazn toifasida ishtirok etadigan Shukurjon Aminova qator muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi.

Aminova Shukurjon Fayzullo qizi 2002-yil 16-noyabr kuni Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida tavallud topgan. 2017-yildan xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Murabbiyi Sardor Niyozmetov. Aminova Gran-pri musobaqalarida 1 ta oltin, turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida 1 ta kumush medalga sazovor boʻlgan. 2021-yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda bronza medali bilan taqdirlangan.

Aminova Xalqaro dzyudo federatsiyasining yoʻllanmalarni qayta taqsimlash dasturiga koʻra -57 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/5B3dH3QcQWo" title="Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempionati sovrindori Shukurjon Aminova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech