22 Iyun 2024 895

Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempionati sovrindori Navbahor Hamidova

Kichik tanaffusdan soʻng yana 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan atletlarimiz bilan tanishtirishda davom etamiz. Bugungi qahramonimiz boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori Navbahor Hamidova.

Hamidova Navbahor Nishon qizi 2001-yil 7-fevral kuni tavallud topgan. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Elshod Rasulov. Hamidova turli yosh toifalardagi mamlakat birinchligida 5 marotaba g’alaba qozongan. 2021-yil Rossiyada o’tgan harbiylar o’rtasidagi dunyo birinchiligida shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilgan. 2022-yil Iordaniyada kattalar o’rtasidagi, 2023-yil Tailandda o’tgan U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionatlarida oltin medalga sazovor bo’lgan. 2023-yil Hindiston mezbonlik qilgan dunyo birinchligida bronza medali bilan taqdirlangan.

Hamidova joriy yilning 24-may – 2-iyun kunlari Tailandda oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -66 kg vazn toifasida Parij-2024 yoʻllanmasiga sazovor boʻlgan.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/jDU8LR3saIs" title="Parij-2024 litsenziatlari: Jahon chempionati sovrindori Navbahor Hamidova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech