13 Iyun 2024
                                
                                 677
                            
                            BRIKS oʻyinlarida dastlabki medalimiz qoʻlga kiritildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozon shahrida start olgan BRIKS oʻyinlarining ilk kunidayoq dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. Unga sinxron suzuvchimiz Diana Onkes mualliflik qildi.
Hamyurtimiz texnik solo dasturida bronza medali sohibiga aylandi. Mazkur yoʻnalishda oltin medal rossiyalik uch karra Olimpiada chempioni Svetlana Kolesnichenkoga nasib etgan boʻlsa, belaruslik jahon chempionati sovrindori Vasilina Xondoshko shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilgan.
1. Svetlana Kolesnichenko (Rossiya) 
2. Vasilina Xondoshko (Belarus) 
3. Diana Onkes (O'zbekiston)
                                <iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/gQm-3zt3GxA" title="BRIKS oʻyinlarining ilk kunidayoq dastlabki medalini qoʻlga kiritdik sinxron suzuvchimiz Diana Onkes" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>                            
                            
                        
                
