11 Iyun 2024
                                
                                 499
                            
                            Bugun Eron bilan hal qiluvchi o‘yin
Bugun futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash turnirida 2-bosqichdagi ishtirokini yakunlaydi. Barcha guruhlar ichida ushbu bosqichdagi markaziy o’yin sifatida qaralayotgan bahsda yigitlarimiz safarda Eron bilan raqobatlashadi. Har ikki jamoa keyingi davra masalasini ijobiy hal qilgan. Shunday bo’lsa ham, qit’aning ikki yetakchilari o’rtasidagi bahs doimgidek murosasiz kechishi, shubhasiz.
JCh-2026 saralash bosqichi
 Eron – Oʻzbekiston 
 11-iyun | 22:00
 “Ozodi” stadioni
                