10 Iyun 2024
                                
                                 472
                            
                            Bugun Mali bilan ikkinchi o‘yin
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik olib borayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Mali olimpiya terma jamoalari oʻrtoqlik uchrashuvi doirasida yana bir bor maydonga tushishadi. "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladigan bu galgi oʻyin ham 19:00 da start oladi. Eslatib oʻtamiz, jamoalarning dastlabki bahsida 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
Xalqaro o'rtoqlik o'yini
 Oʻzbekiston U23 – Mali U23 
 10-iyun | 19:00
 “Bunyodkor” stadioni
                