7 Iyun 2024
                                
                                 508
                            
                            Bugun Mali bilan birinchi o‘rtoqlik o‘yini
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi boʻlajak musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida bugun oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Raqib yana bir litsenziat jamoa – Mali. Barcha muxlislarni oʻzbek sportida tarixiy natija qayd etgan Timur Kapadze shogirdlarini “Bunyodkor” stadionida qoʻllab-quvvatlashga chorlab qolamiz.
Xalqaro o'rtoqlik o'yini
 Oʻzbekiston U23 – Mali U23 
 7-iyun | 19:00
 “Bunyodkor” stadioni
                