6 Iyun 2024
                                
                                 488
                            
                            Bugun erkin kurashchilarimiz Vengriyadagi turnirda ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Vengriyada sport kurashlari boʻyicha reyting turniri start oladi. Mazkur musobaqada oʻzbekistonlik kurashchilar ham ishtirok etishlari haqida maʼlum qilgan edik.
Turnirning ilk kunida erkin kurashchilar oʻrtasidagi bahslar oʻtkaziladi. Unda 2 nafar hamyurtimiz medallar uchun gilamga chiqishadi. Ularning ilk raqiblari bilan tanishing:
-57 kg: Gʻulomjon Abdullayev – Rizo Moʻminijojad (Eron)
-65 kg: Aylana tizimda, “A” guruhi: Umidjon Jalolov (Oʻzbekiston), Hoji Aliyev (Ozarbayjon), Kotaro Kiyoka (Yaponiya), Ismail Musukayev (Vengriya)
                