31 May 2024
                                
                                 390
                            
                            Merganlarimiz Jahon kubogining Myunxen bosqichida ishtirok etishadi
2-7-iyun kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida oʻq otish sporti boʻyicha Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi. Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga reyting ochkolarini beruvchi soʻnggi start hisoblanadi.
Masʼuliyatli turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Merganlarimiz bugun Myunxen shahriga yetib borishdi. Jamoamiz mazkur musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:
10 metrdan pnevmatik toʻpponchadan otish: Muhammad Kamalov va Vladimir Svechnikov
10 metrdan pnevmatik miltiqdan va 50 metrdan kichik kalibrli miltiqdan otish: Javohir Sohibov
                