13 May 2024 458

Baydarka va kanoechilarimiz Tuyabo‘g‘izda tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tuyaboʻgʻiz suv omborida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 19-mayga qadar koʻzda tutilgan yigʻin litsenziat atletlarimizga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.

Mashgʻulotlarni vengriyalik mutaxassis Natasha Douchev-Yanich olib bormoqda. Eslatib oʻtamiz, terma jamoamiz aʼzolaridan kanoe bahslarida Nilufar Zokirova, baydarkada Yekaterina Shubina hamda Shaxriyor Mahkamov 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan edi.

<video width="1024" height="512" style="display: block; margin-left: auto; margin-right: auto;" controls="controls"> </video>

Text to speech