10 May 2024 664

Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo oʻyinlari sovrindori Ozoda Sobirjonova

4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan hamyurtlarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bu galgi qahramonimiz taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ozoda Sobirjonova.

Sobirjonova Ozoda Obidjon qizi 2002-yilning 7-dekabr sanasida Jizzax viloyati Zomin tumanida dunyoga kelgan. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Dastlab taekvondo sirlarini Dadaxon Gʻafforovdan oʻrgangan Sobirjonova hozirda Jasur Boyqoʻziyev qoʻl ostida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga hozirlik koʻrmoqda. 2018-yil yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida kumush, 2019-yil tengqurlari orasidagi qitʼa birinchiligida bronza medali sohibiga aylangan. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida aralash jamoaviy dasturda bronza medaliga ega chiqqan.

Joriy yil Xitoyning Tayan shahrida oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -67 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/nCMhG33LInE" title="Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo oʻyinlari sovrindori Ozoda Sobirjonova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech