9 May 2024 596

Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo chempioni Jasur Jaysunov

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasida hamisha kuchli sportchilar yetishib chiqqan. Bugun ichki raqobatda koʻplab nomdor sportchilarni ortda qoldirib, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan Jasur Jaysunov haqida soʻz boradi.

Jaysunov Jasur Rustamovich 2002-yilning 19-aprel kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2016-yildan turli yosh toifalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilib kelmoqda. Murabbiyi Vladimir Xan. Jaysunov 2019-yil yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2021-yil kattalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligida bronza, 2022-yil esa oltin medal sohibiga aylandi. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida esa aralash jamoaviy dasturda bronza medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, uning hisobida “Katta dubulgʻa” turnirlarining 1 tadan oltin va kumush medallari mavjud.

Jaysunov joriy yil Xitoyning Tayan shahrida oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali -80 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

<iframe width="100%" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/xs3Sgvs8KUI" title="Parij-2024 litsenziatlari: Osiyo chempioni Jasur Jaysunov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech