1 May 2024 1243

Parij-2024 litsenziatlari: Oʻzbekistonning eng yosh Olimpiada chempioni Ulugʻbek Rashitov

Litsenziatlarimizni tanishtiruv navbati taekvondochilarga ham yetib keldi. Bugungi qahramonimiz Oʻzbekistonning eng yosh Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Ulugʻbek Rashitov boʻladi.

Rashitov Ulugʻbek Ismatilla oʻgʻli 2002-yil 23-mart kuni dunyoga kelgan. 2016-yil dastlab kadetlar, soʻng oʻsmirlar, yoshlar va kattalar terma jamoasi tarkibidan oʻrin olgan. Murabbiyi Pavel Xan. Yosh sportchimiz 2018-yil Tunisda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza, oʻsha yil Argentinaning Buenos-Ayres shahrida oʻtgan oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida kumush medalga ega chiqqan. 2019-yil Uxanda oʻtgan harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medal sohibiga aylandi. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻlishi oʻzbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Aynan u oʻzbek taekvondochilari orasida Olimp shohsupasiga koʻtarilgan birinchi atletdir. Sportchimiz Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlari, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan. 2023-yil Boku shahrida oʻtgan jahon chempionatida shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan. Koʻrsatgan xizmatlari evaziga Prezidentimiz tomonidan oʻtgan yili “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2023-yil dekabr oyida Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan reyting yakuniga koʻra, -68 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

<iframe width="100%" height="715" src="https://www.youtube.com/embed/nZZBYsxbtNg" title="Parij-2024 litsenziatlari: Oʻzbekistonning eng yosh Olimpiada chempioni Ulugʻbek Rashitov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech