30 Aprel 2024 617

Parij-2024 litsenziatlari: Marafon ustasi Shohruh Davlatov

Yozgi Olimpiya oʻyinlarida barcha dasturdagi chempionlardan koʻra marafon yoʻnalishidagi gʻolib va sovrindorlarga alohida eʼtibor koʻrsatilib, ularni taqdirlash Oʻyinlarning yopilish marosimi davomida oʻtkaziladi. Bugun Parij-2024 Olimpiadasida mazkur yoʻnalishda yurtimiz sharafini himoya qiladigan atlet Shohruh Davlatov haqida suhbatlashamiz.

Davlatov Shohruh Saʼdullo oʻgʻli 1996-yil 7-mart kuni Surxondaryo viloyati Saraosiyo tumanida tugʻilgan. 2017-yil Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidan joy olgan. Murabbiylari Kamoliddin Roʻzimuhammedov hamda Natalya Xoldorova. Toshkent, Issiq-koʻl, Olma-ota va bir qator shaharlarda anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan xalqaro marafonlarda muntazam ravishda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olib keladi.

Davlatov 2023-yil 3-dekabr kuni Ispaniyada oʻtgan “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” marafonida (42 km, 195 metr) 2 soat, 7 daqiqayu 2 soniya natija qayd etib, Parij-2024 normativini bajarishga muvaffaq boʻlgan.

<iframe width="100%" height="715" src="https://www.youtube.com/embed/j0zwRDxfd7c" title="Parij-2024 litsenziatlari: Marafon ustasi Shohruh Davlatov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech