26 Aprel 2024 909

Parij-2024 litsenziatlari: Ikki yoʻnalishda Olimpiadada qatnashadigan Olga Zabelinskaya

Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Olga Zabelinskaya hamyurtlarimiz orasida hozircha Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etuvchi eng yoshi katta sportchi boʻlib turibdi. Sezib ulgurganingizdek, bugun bir necha kundan soʻng 44 yoshni qarshi oladigan ushbu atletimiz haqida gaplashamiz.

Zabelinskaya Olga Sergeyevna 1980-yil 10-may kuni Rossiya Federatsiyasida tugʻilgan. Trek va shosse yoʻnalishlariga ixtisoslashgan Zabelinskaya hisobida London-2012 Olimpiadasining 2 ta bronza, Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlarining esa kumush medali mavjud. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Murabbiyi Yuriy Anoshin. Har yili oʻtkazib kelinadigan shosse va trek yoʻnalishlaridagi Osiyo chempionatlarida muntazam ravishda shohsupadan joy olib keladi. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyilarida 3 ta oltin, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Veloshosse boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi jahon reytingi orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga shosse dasturida 3 ta yoʻllanmaga ega boʻlgan. Terma jamoa murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, Zabelinskaya guruh poygasi va shaxsiy vaqt uchun alohida start dasturlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

<iframe width="100%" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/o6qoY8iEhv8" title="Parij-2024 litsenziatlari: Ikki yoʻnalishda Olimpiadada qatnashadigan Olga Zabelinskaya" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech