25 Aprel 2024 800

Parij-2024 litsenziatlari: Zamonaviy beshkurash ustasi Alise Faxrutdinova

MOQ matbuot xizmati yana bir Parij-2024 litsenziati bilan tanishtiradi. Bu gal zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alise Faxrutdinova haqida batafsil suhbatlashamiz.

Faxrutdinova Alise Nailevna 1990-yil 23-fevral kuni Rossiyaning Moskva shahrida tugʻilgan. Boʻlajak Olimpiya oʻyinlariga murabbiyi Muhammed Okashi bilan tayyorgarlik koʻrmoqda. 2009-yil yoshlar oʻrtasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2013-yilgi dunyo birinchiligida esa estafeta yoʻnalishida bronza medali sohibi boʻldi. 2019-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu yilning oʻzida Osiyo chempionatining mikst dasturida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan.

<iframe width="100%" height="425" src="https://www.youtube.com/embed/hgQ5ixlep9U" title="Parij-2024 litsenziatlari: Zamonaviy beshkurash ustasi Alise Faxrutdinova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech