18 Aprel 2024 2185

Parij-2024 litsenziatlari: Ikkinchi Olimpiadasida ishtirok etadigan Javrail Shapiyev

Parij-2024 yoʻllanmalarini qoʻlga kiritgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bugun Sizlarga erkin kurash boʻyicha -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan polvonimiz Javrail Shapiyev haqidagi maʼlumotlarni havola etamiz.

Javrail Nurmagomedovich Shapiyev 1997-yil 20-aprel kuni Dogʻistonda tugʻilgan. Erkin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Javrail 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. J.Shapiyev terma jamoa bosh murabbiyi Olim Hikmatov qoʻl ostida shugʻullanadi. Kurashchimiz Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida bronza, kuni kecha Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida beshinchi natijani qayd etgan.

2023-yil Serbiyada oʻtgan jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

<iframe width="100%" height="715" src="https://www.youtube.com/embed/sISw8Nf78ug" title="Parij-2024 litsenziatlari: Ikkinchi Olimpiadasida ishtirok etadigan Javrail Shapiyev" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech