26 Mart 2024
1719
Bokschi qizlarimiz Xitoyda shugʻullanishmoqda
Ayni kunlarda boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Urumchi shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 6-aprelga qadar davom etishi koʻzda tutilgan yigʻinda Qozogʻiston va Xitoy ayollar jamoalari ham ishtirok etyapti.
Ayni paytda bokschi qizlarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga 2 ta yoʻllanma qoʻlga kiritishgan. Jamoamiz may-iyun oylarida Tailandda oʻtadigan 2-jahon litsenzion turnirida yana 4 ta yoʻllanma uchun kurash olib boradi. Urumchi yigʻini Parij-2024 Olimpiadasi va Tailandda oʻtadigan musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrishga qaratilgan.
<iframe width="100%" height="662" src="https://www.youtube.com/embed/hay51WE8qF0" title="Bokschi qizlarimiz Xitoyda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
