23 Fevral 2024 1827

Bokschilarimiz Ispaniyada litsenzion turnirga tayyorlanishyapti

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Ispaniyada xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashmoqda. Sportchilarimiz “Boxam” turniridan soʻng ishtirokchi davlatlar oʻrtasida tashkil etilgan yigʻinda oʻz mahoratlarini oshirishmoqda.

28-fevralga qadar davom etadigan yigʻinga 15 ta davlatdan sportchilar tashrif buyurgan. Alohida taʼkidlash joiz, bu mashgʻulotlar 1-mart kuni Italiyada boshlanadigan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnirga soʻnggi tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Yigʻinga litsenzion musobaqada ishtirok etishi kutilayotgan 8 nafar sportchi jalb etilgan boʻlib, yakunda ularning 4 nafari Milanda ringga koʻtariladi.

<iframe width="100%" height="662" src="https://www.youtube.com/embed/WQVWPBymftA" title="Bokschilarimiz Ispaniyada lisenzion turnirga tayyorlanishyapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Text to speech