18 Yanvar 2024 1745

Bokschilarimiz Yangiobod yig‘inida

Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasining Yangioboddagi mashgʻulotlariga nazar tashlaymiz. Kelasi oy Ispaniya va Bolgariyada oʻtadigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ayni avjida.

Yigʻinda ishtirok etayotgan terma jamoa aʼzolari bilan Isroil Madrimov va Bektemir Meliqoʻziyev kabi professional bokschilarimiz ham shugʻullanishmoqda. Shubhasiz, yosh sportchilar katta janglarda toblangan tajribali akalaridan koʻp narsa oʻrganishmoqda.

<iframe width="100%" height="750" src="https://www.youtube.com/embed/KtNqIMxLxLQ" title="Bokschilarimiz Yangiobod yig‘inida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Text to speech