10 Yanvar 2024 1593

Dzyudochilarimizning yig‘ini Avstriyaga ko‘chdi

Alp togʻlari etagida joylashgan Avstriyaning Mitterzill shahrida sovuq havo hukmron. Biroq ushbu manzilda dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan dzyudochilar ishtirokidagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini ayni avjida.

Mashgʻulotlarda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. 15-yanvarga qadar davom etadigan yigʻinda 25 nafar sportchimiz oʻz mahoratlarini oshirmoqda. Rejaga koʻra, 16-yanvardan mashgʻulotlar Germaniyaning Myunxen shahriga koʻchadi.

<iframe width="100%" height="662" src="https://www.youtube.com/embed/AyGdM984x98" title="Dzyudochilarimizning yig‘ini Avstriyaga ko‘chdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Text to speech