9 Yanvar 2024 1659

Eshkak eshuvchilarimizning Turkiyadagi yig‘ini davom etadi

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Kyoyjegiz shahrida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Mazkur yigʻinga 13 nafar sportchi jalb qilingan.

Mashgʻulotlar 28-yanvarga qadar davom etadi. Yigʻin aprel oyida Janubiy Koreyada oʻtadigan Osiyo va may oyida Shveysariya mezbonlik qiladigan jahon litsenzion turniriga tayyorgarlikning muhim bosqichi vazifasini oʻtab beradi.

<iframe width="100%" height="662" src="https://www.youtube.com/embed/5YSIg81VTZ0" title="Eshkak eshuvchilarimizning Turkiyadagi yig‘ini davom etadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Text to speech