13 Dekabr 2023
1872
Sinxron suzuvchilarimiz Rossiyadagi turnirda muvaffaqiyatli katnashishmoqda
Maʼlum qilganimizdek, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida sinxron suzish boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazilmoqda. Eʼtiborlisi, musobaqaning navbatdagi kunida ham sportchilarimiz shohsupaga koʻtarilishdi.
Xususan, Rayxona Ergasheva, Yuliya Limanova, Jasmina Qodirova, Sabina Mahmudova, Ruxsoraxon Saidaliyeva, Elizaveta Afanasyeva, Samira Agzamova hamda Safina Joʻrayeva yoshlar oʻrtasida jamoaviy dasturda kumush medal sovrindori boʻlishdi. Bundan tashqari, kattalar oʻrtasidagi yakkalik bellashuvlarida Diana Onkes ham kumush medalni qoʻlga kiritdi. Anna Vashenko esa bronza medali sohibiga aylandi.
