4 Fevral 2023
1116
Bugun Fransiyada dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oladi
2 kun davom etadigan musobaqaning ilk kunidan erkaklar oʻrtasidagi -60 kg, -66 kg va -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlar oʻrin olgan. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi. Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov – Yam Volshak (Isroil) / Stenley Pervil (Gaiti)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Fernand Nikero (Gabon) / Xuan Ernandes (Kolumbiya)
-66 kg: Bobur Vadjiyev – Felipe Pelim (Braziliya)
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Anxzaya Lavjargal (Mo‘g‘uliston) / Turpal Djovkayev (Finlyandiya)
