16 Yanvar 2023 1733

Komiljon To’xtayevning Alp tog’laridagi mashg’uloti

Maftunkor va goʻzal Alp togʻlari etagida joylashgan Dobbiako (Italiya) shaharchasidagi kurort qishki sport ixlosmandlari bilan gavjum. Ushbu maskanda hamyurtimiz, togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Komiljon Toʻxtayev kelasi oy Fransiyada oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Sportchimiz boʻlajak dunyo birinchiligida slalom va gigant slalom dasturlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

<video width="1024" height="512" style="display: block; margin-left: auto; margin-right: auto;" controls="controls"> </video>

Text to speech