10 Yanvar 2023
1605
Dzyudochilarimizning Avstriyadagi xalqaro yig’ini boshlandi
Avstriyaning Mitterzill shahrida dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda. Dunyoning 48 mamlakatidan 600 nafardan ziyod sportchini o‘zida jamlagan yig‘inda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishyapti.
Ushbu yig‘inda 22 nafar sportchimiz qatnashmoqda. Mashg‘ulotlar 16-yanvarga qadar davom etadi. Shundan so‘ng terma jamoamizning Portugaliyada o‘tadigan Gran-prida qatnashuvchi tarkibi ma’lum qilinadi.
<video width="1024" height="512" style="display: block; margin-left: auto; margin-right: auto;" controls="controls">
