Pavel Xanni tabriklaymiz!
Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Pavel Xan tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Xan Pavel Afanasevich 1984-yil Toshkentda tavallud topgan. Bir necha yildan beri murabbiylik faoliyatida samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning zamonaviy metodikalarga asoslangan uslubi samarasi o‘laroq
xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgan ko‘plab taekvondochilarimiz yetishib chiqmoqda. Jumladan, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov aynan ushbu mutaxassis qo‘l ostida shug‘ullanadi. Ko‘rsatgan xizmatlari evaziga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Pavel Xanni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaydi.
