8 Dekabr 2022 4021

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan qutlaydi!

Bugun 8-dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bundan roppa-rosa 30 yil avval tinch va osoyishta hayotimizning kafolati, mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.

Konstitutsiyamiz jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, tinchlik va totuvlikni kafolatlash, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni Konstitutsiya qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaydi. Qomusimiz tinch va osuda hayotimizni ta’minlashda, davlatchiligimizning yanada rivoj topishida, oilalarimiz farovon bo‘lishida abadiy xizmat qilsin!

Text to speech