Osiyo oʻyinlari chempioni Jalgasbay Berdimuratovning final bahsi va taqdirlash marosimidan yorqin suratlar
Safina Sadullayevaning oltin medali bilan o’zbek yengil atletikasi ayollar o’rtasida balandlikka sakrash dasturida qit’amizda tengiz ekani qatorasiga to’rtinchi bor isbotlandi. Chempion Safina Sadullayeva hamda kumush medal sohibi Svetlana Radzivilning ishtiroki hamda taqdirlash marosimidan yorqin suratlar:
Obyektivimiz nigohida kanoeda eshkak eshish boʻyicha oltin medal sohiblari Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli
Olga Zabelinskayaga oltin medal keltirgan poyga va taqdirlash marosimidan suratlar
Umid Esanovning final bahsi va taqdirlash marosimidan fotogalereya
Final starti garchi omadsiz boshlangan bo’lsa ham qizlarimiz o’zlarida iroda topib, ajoyib kambek bilan oltin medallarni tortib olishdi. His-hayajonlarga boy bo’lgan finaldan yorqin kadrlar:
Bugun Oʻzbekiston delegatsiyasiga bronza medalini keltirgan Svetlana Osipova taqdirlash marosimida
Kun qahramonlari Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) va Feruza Sodiqova (-67 kg) shohsupada
Oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a'zolari Bangkok-1998 Osiyo oʻyinlaridan 25 yil oʻtib yana shohsupaga koʻtarilishdi. Bugun Javohir Sohibov hamda Muxtasar Tohirova uzoq kutilgan medalni qabul qilib olishdi.
Dzyudochilarimiz shu paytgacha oʻzlari qatnashgan barcha Osiyo oʻyinlarida jami 2 ta oltin medal qoʻlga kiritishgan edi. Xanchjou-2022 da esa dastlabki ikki kunning oʻzidayoq ushbu natija yangilab boʻlindi. Kun qahramonlaridan Murodjon Yoʻldoshev hamda Gulnoza Matniyazovani taqdirlash marosimidan yorqin suratlar
Bugun taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi delegatsiyamiz hisobiga 2 ta bronza medalini taqdim qildi. Shulardan biri yakkalik bahslarida Madinabonu Mannopova hissasiga toʻgʻri kelsa, yana bir medal aralash jamoaviy dasturda qoʻlga kiritildi. Sportchilarimizni taqdirlash marosimidan suratlarni tomosha qiling:
Anna Prakatenning oltin medali bugun ishtirok etadigan barcha hamyurtlarimizga yanada yuqori kayfiyat taqdim etadi. Sportchimizning ishtiroki va taqdirlash marosimidan yorqin suratlarni ulashamiz